2024 yil Istanbulda Turizm sohasi mutasaddilari ishtirokida “SITE Global” nomi ostida xalqaro matbuot anjumani tashkil etiladi

Dunyo 29.03.2023, 11:46
2024 yil Istanbulda Turizm sohasi mutasaddilari ishtirokida “SITE Global” nomi ostida xalqaro matbuot anjumani tashkil etiladi

Ilhombaxsh Sayohatlar Tashkil etish Jamiyati (SITE) 2024 yil 26-29 fevral kunlari Istanbulda o`zining navbatdagi xalqaro anjumanini o`tkazadi. Turkiyada ushbu turdagi turizmni rivojlantirish uchun jadal ish olib borayotgan SITE Turkiya tomonidan tashkil etilgan anjuman, butun dunyodan ishtirokchilarga Istanbulni kashf qilish imkoniyatini yaratib beradi.

2024 yil fevral oyida Istanbulda ellik yillik tarixga ega bo`lgan SITE ning Xalqaro Konferensiyasi bo`lib o`tadi. Mazkur SITE Global konferensiyasi doirasida rag`batlantiruvchi turizm sohasidagi yuzlab ishtirokchilarni Istanbulga jalb qilishi kutilmoqda.

90 mamlakatda 2500 dan ortiq a`zosi bo`lgan va yarim asrlik tarixga ega SITE rag`batlantiruvchi turizmning etakchi assosiasiyasi hisoblanadi. O`zining tarmoq tajribasining miqdoriy natijalarini Global biznes olami bilan baham ko`radigan SITE butun dunyo bo`ylab 27 ta mahalliy va mintaqaviy filialga ega. 

SITE o`z segmentining a`zolari va mutaxassislari bilan eng yaxshi echimlari, Global aloqalarini birlashtirish va rivojlantirish orqali rag`batlantiruvchi turizmning ta`sirini maksimal darajada oshirish va sektor rivojlanishiga hissa qo`shishni maqsad qilgan.

Soha mutaxassislari Istanbulni kashf etadilar

SITEning eng muhim tadbiri bo`lgan Global konferensiya har yili dunyoning turli burchaklaridan sayohat va rag`batlantiruvchi turizm bo`yicha mutaxassislarni to`playdi. SITE butun dunyoda o`z a`zolarga ega va undagi anjuman ishtirokchi davlatlari quyidagicha: Amerika Qo`shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Kanada, Irlandiya, Fransiya, Shveytsariya, Ispaniya, Meksika, Germaniya, Argentina, Aruba, Avstriya, Avstraliya, Bagama, Belgiya, Braziliya, Kayman orollari, Xitoy, Xorvatiya, Kosta-Rika, Chexiya, Misr, Vengriya, Islandiya, Hindiston, Isroil, Italiya, Latviya, Niderlandiya, Panama, Portugaliya, Shotlandiya, Singapur, Sloveniya, Tayvan, Tailand, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari , Zimbabve va Yaponiyalardir.

Istanbulda bo`lib o`tadigan va Turkiyada rag`batlantiruvchi turizmni rivojlantirish uchun jadal ish olib borayotgan SITE Turkiya tomonidan tashkil etilgan konferensiyada 500 dan ortiq soha mutaxassislarining ishtirok etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, SITE Global konferensiyasi sayyohlik mutaxassislariga dunyoning barcha davrlardagi eng yaxshi 10 ta ilhombaxsh yo`nalishlaridan biri bo`lgan Turkiyani kashf qilish imkonini beradi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1