1

Turkmanistonda Arqadag` nomli yangi shahar quriladi

Dunyo 30.03.2023, 23:42
Turkmanistonda Arqadag` nomli yangi shahar quriladi

Turkmanistonda mamlakatning hozirgi prezidentining otasi Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga ataladigan yangi shahar qurilishi uchun qariyb besh milliard dollar sarflanadi.

Axal viloyatining yangi ma`muriy markazi shahar maqomini oladi va uni "Arqadag`" (Qahramon himoyachi) deb atashadi. Bu Berdimuhamedovning rasmiy unvoni bo`lib, u prezidentlikdan ketganidan keyin ham bu unvonni o`zida saqlab qolgan.

Yangi shahar poytaxt Ashxoboddan 30 kilometr masofada barpo etiladi. Berdimuhamedov mulozimlarga buni "Ginnes rekordlari" kitobiga kiritishni buyurgan, ammo aynan qanday qilibligiga aniqlik kiritilmagan. Bu shahar aholisi yakunda 73 ming kishini tashkil etishi kerak.

"Arqadag` shahri qurilishining birinchi bosqichi 3,3 milliard dollarga tushadi. Bizning baholarimizga ko`ra, ikkinchi bosqichga taxminan 1,5 milliard dollar kerak bo`ladi", deya xabar qilgan shahar qurilishi uchun mas`ul bo`lgan davlat qo`mitasiga rahbarlik qilayotgan Deryageldi Orazov.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1