1

Toshkentda o`tkazilishi rejalashtirilayotgan “JARA” rus musiqa festivalining qoldirilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Jamiyat 31.03.2023, 15:22
Toshkentda o`tkazilishi rejalashtirilayotgan “JARA” rus musiqa festivalining qoldirilgani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 20-21 may kunlari Toshkentdagi “Yangi O`zbekiston” istirohat bog`ida o`tkazilishi rejalashtirilgan “JARA” rus musiqa festivaliga mahalliy blogerlar tomonidan norozilik bildirildi. 

Ularning fikricha,  Vladimir Putin siyosatini qo`llab-quvvatlovchi rossiyalik san`atkorlarning O`zbekistondagi chiqishi respublika Ukrainadagi mojaroda Rossiya tomonini qo`llab-quvvatlashini bildiradi. 

Mazkur festivalda HammAli & Navai, Ani Lorak, Egor Krid, Emin, Mari Kraymbreri, Jony, Olga Buzova kabi o`ttizga yaqin rossiyalik san`atkorlar ishtirok etishi kutilyotgan edi. 

Ushbu norozilik aksiyasi ortidan kecha saytlarda ushbu rus musiqa festivali noma`lum muddatga qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bugun festival matbuot xizmatining Sputnik O`zbekistonga xabar berishicha, “Jara” festivali bo`yicha tashkiliy ishlar davom etmoqda.

"Festival bo`lib o`tadi, uning bekor qilingani haqidagi ma`lumotlar ishonchli emas.  

Hammasi reja bo`yicha ketyapti. Barcha tomoshabin va muxlislarni 20 va 21 may kunlari Toshkentda kutib qolamiz”, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1