1

Telegramda moliyaviy piramida tashkil qilgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 01.04.2023, 14:09
Telegramda moliyaviy piramida tashkil qilgan shaxs qo`lga olindi

IIV Kiberxavfsizlik markazidan ma`lum qilishlaricha, Telegram messenjerida moliyaviy piramida tashkil etgan shaxs aniqlanib, qo`lga olingan.

U "Hadya berib hadya oling", deb nomlangan guruh tashkil qilib, "pullarni 2 barobar ko`paytirib beramiz", degan va`dalar bergan.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 31 yoshli K.M. ushbu guruhga a`zo bo`lib, "pul ko`paytirib berilishi" va`dasiga ishonib, 28 million so`m pulini noma`lum shaxs plastik kartasiga o`tkazib bergan.

Aldanganini bilgach esa ichki ishlar organiga murojaat qilgan.

O`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi 29 yoshli X.D. sodir etgani aniqlandi.

U Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, ushbu jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1