1

BMT Turkiyadagi zilzilalar natijasida qishloq xo`jaligi yo`qotishlari hajmini baholadi

Dunyo 01.04.2023, 19:40
BMT Turkiyadagi zilzilalar natijasida qishloq xo`jaligi yo`qotishlari hajmini baholadi

Fevral oyida Turkiyada sodir bo`lgan dahshatli zilzilalar mamlakat qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 20 foizdan ortig`iga zarar etkazgan.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) ma`lum qildi.

“Turkiyadagi zilzilalar 11 ta etakchi qishloq xo`jaligi viloyati va 15,73 million nafar aholiga jiddiy ta`sir ko`rsatdi. Bu mamlakat oziq-ovqat mahsulotlarining 20% dan ortig`ini qamrab oladi”- deyiladi FAO xabarida.

Tashkilot ekspertlarining qayd etishicha, tabiiy ofatdan jabr ko`rgan hududlarda ekinlar, chorvachilik, baliqchilik va suv xo`jaligi, shuningdek, qishloq infratuzilmasi katta zarar ko`rgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, zarar 1,3 milliard dollarni, sanoat yo`qotishlari esa 5,1 milliard dollarni tashkil etadi.

FAO Turkiyadagi zilziladan jabr ko`rgan jamiyatlarga yordam berish uchun 112 million dollar ajratishga chaqirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1