AsosiyJamiyat

Koson tumani hokimi ustidan Bosh prokuraturaga xat kiritildi

'Koson tumani hokimi ustidan Bosh prokuraturaga xat kiritildi'ning rasmi

Avvalroq, Koson hokimi Asrol Boyqaraev ro`zador fermerlarning og`zini majburiy ravishda ochtirgani to`g`risida xabar bergan edik.

Bugun, 2 aprel kuni fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan Bosh prokuraturaga hokimning hatti-harakatlari ustidan prokuror nazorati o`rnatilishi kerakligi borasida xat kiritilgan.

Bosh prokuratura mazkur ish bo`yicha hozircha munosabat bergani yo`q. Kengash xatida vijdon erkinligi kafolatlanishi, shuningdek, fermer xo`jaliklarining faoliyatiga davlat organlari aralashishga yo`l qo`yilmasligi, bundan tashqari, hokimning harakatlari fuqarolarning keng e`tirozlariga sabab bo`layotgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar