Toshkentdagi to`rtta AGTKSh tomonidan 7,1 milliard so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 13—29 mart kunlari “O`zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkorlik sub`ektlariga qarashli to`rtta avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSh) tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga etkazilgan umumiy zarar miqdori 7,1 milliard so`mni tashkil etgan.
Jumladan:
- Yunusobod tumanida joylashgan AGTKSh tomonidan 2,372 milliard so`mlik;
- Sergeli tumanida joylashgan AGTKShda 1,728 milliard so`mlik;
- Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan AGTKShda 1,607 milliard so`mlik;
- Uchtepa tumanida joylashgan AGTKShda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga etkazilgan zarar miqdori 1,392 milliard so`mni tashkil etgan.
Ushbu noqonuniy holatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda. Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.






