AsosiyJamiyat

Toshkentdagi suv bosgan ko`chalar suvdan tozalandi

'Toshkentdagi suv bosgan ko`chalar suvdan tozalandi'ning rasmi

Joriy yilning 2 aprel kuni 12:30 dan boshlangan kuchli yog`ingarchilik natijasida oylik normaning 20 mmgacha yomg`ir yog`ishi kuzatildi.

Natijada, Maxtumquli kochasi, Bunyodkor shoh kochasi Xalqlar do`stligi san`at saroyi (tonnel tag qismi) oldi, Janubiy vokzal old maydoni kabi qator manzillarda suv toshishi yuzaga keldi. 

Toshkent shahar hokimligining ma`lum qilishicha, 18:00 tezkorlik bilan tashkil qilingan guruhlar tomonidan suv toshiqini bartaraf etilgan.

“Shuni qayd etish joizki, so`nggi yillarda suv toshishi kuzatilayotgan manzillarda ko`rilgan choralar natijasida o`sha hududlarda bunday holatlar takroran kuzatilmagan. Bu yo`nalishdagi ishlar davom etadi“, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar