Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23°.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, do`l yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14° iliq bo`ladi.
03.04.2023 08:10
Bugun 4 ta viloyatda kuchli yog`ingarchilik bo`lishi prognoz qilindi






