Avvalroq, 1 aprel - Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan "Botanika" bog`ida “Qushlarni asraylik!” respublika tanlovi bo`lib o`tgani haqida xabar bergan edik.
Tadbirda ishtirok etgan Tabiat resusrlari vazirligi qoshidagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Jo`rabek To`laev Darakchi.uz muxbirining O`zbekiston Qizil kitobini yangi turlar bilan boyitish yoki, qisqartirish ishlari haqidagi savoliga javob berdi.
"O`zbekiston Fanlar akademiyasi, Zoologiya instituti bilan birgalikda har yilgi sanoq natijalarini olib ko`ramiz. Oxirgi ikki yilda berilayotgan asosiy taklif oq laylakni Qizil kitobdan chiqarish.
Oq laylakni bizda ovlashmaydi, unga nisbatan baxt, tinchlik elchisi sifatida qaraladi. Bundan tashqari global iqlim o`zgarishlari natijasida 12 oy davomida respublikamizning ko`plab hududlarida, Toshkent, Sirdaryo va Samarqand hududlarida oq laylaklar uchrab turibdi.