AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Rossiyalik yulduzlar chiqish qilishi kerak bo`lgan festival uchun chiptalar sotilishi to`xtatildi

'O`zbekistonda Rossiyalik yulduzlar chiqish qilishi kerak bo`lgan festival uchun chiptalar sotilishi to`xtatildi'ning rasmi

O`zbekistonda Rossiyalik yulduzlar chiqish qilishi kerak bo`lgan "JARA" festivali butunlay bekor qilindi. Festival chiptalarini sotish to`xtatildi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 20-21 may kunlari Toshkentdagi “Yangi O`zbekiston” istirohat bog`ida o`tkazilishi rejalashtirilgan “JARA” rus musiqa festivaliga mahalliy blogerlar tomonidan norozilik bildirildi. 

Ularning fikricha,  Vladimir Putin siyosatini qo`llab-quvvatlovchi rossiyalik san`atkorlarning O`zbekistondagi chiqishi respublika Ukrainadagi mojaroda Rossiya tomonini qo`llab-quvvatlashini bildiradi. 

Mazkur festivalda HammAli & Navai, Ani Lorak, Egor Krid, Emin, Mari Kraymbreri, Jony, Olga Buzova kabi o`ttizga yaqin rossiyalik san`atkorlar ishtirok etishi kutilyotgan edi. 

Ushbu norozilik aksiyasi ortidan kecha saytlarda ushbu rus musiqa festivali noma`lum muddatga qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi va festival matbuot xizmati buni rad etgan edi.

    Boshqa yangiliklar