Bugun 3 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:14 da bortida 81 yo`lovchi bilan Moskvadan Farg`onaga (SU1970 reysi) kelgan Aeroflot aviakompaniyasining samolyotida texnik nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.
Parvozni davom ettirish uchun samolyotni almashtirishga qaror qilindi.
"Shu munosabat bilan Farg`ona — Toshkent yo`nalishidagi parvoz mahalliy vaqt bilan soat 05:45 dan 17:30 ga ko`chirildi. Ushbu parvozni amalga oshirish uchun “Aeroflot” Sheremetevo aeroportidan (Moskva) qo`shimcha B737-800 tipidagi samolyotni jo`natdi. Ushbu samolyot kelgunigacha yo`lovchilar mehmonxonalarga joylashtirildi" deyiladi xabarda.






