AsosiyJamiyat

Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi qizlar bilan jinsiy aloqada bo`lgan mansabdorlarning ishi yopik sudda qayta ko`rib chiqiladi

'Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi qizlar bilan jinsiy aloqada bo`lgan mansabdorlarning ishi yopik sudda qayta ko`rib chiqiladi'ning rasmi

Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo`lishga majburlagani haqida xabar berilgan edik.

Oliy sud Matbuot xizmatining xabar qilishcha, bugun, 3 aprel kuni Oliy sudning jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atiga Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimini A. M. va A.Q.ga oid qismini bekor qilindi. 

Ishni yangitdan apellyasiya instansiyasi sudida ko`rish uchun yuborish to`g`risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassasiya tartibidagi protesti kelib tushdi.

Qayd etilishicha, ushbu protest Oliy sudning jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atida kassasiya tartibida joriy yilning 6 aprel kuni Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rib chiqiladi.

Eslatib o`tamiz, A. M. va A.Q.ga avvalroq 1,5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

    Boshqa yangiliklar