AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi hududlarda esa kuchli bo`ladi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi hududlarda esa kuchli bo`ladi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, Buhoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo`ladi.

Poytaxtda kechga tamon yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-14° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar