AsosiyJamiyat

Toshkentdan Nijniy Novgorodga muntazam qatnovlar yo`lga qo`yildi

'Toshkentdan Nijniy Novgorodga muntazam qatnovlar yo`lga qo`yildi'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" bahor-yoz jadvali bo`yicha Toshkentdan Nijniy Novgorodga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi. 

Endilikda Toshkentdan Rossiya shahriga muntazam qatnovlar haftada ikki marta – seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

  • Toshkentdan uchib ketish – 18:00  
  • Nijniy Novgorodga etib kelish – 20:00  
  • Nijniy Novgoroddan uchib ketish – 21:30  
  • Toshkentga etib kelish – ertasi kuni soat 03:00

Uchib ketish va etib kelish manzili mahalliy vaqt bilan ko`rsatilgan.

Bir tomonga aviachipta narxi 1 442 630 so`mdan, ikki tomonga 2 326 734 so`mdan boshlanadi.

Narxlar 2023 yil 4 aprel holatiga ko`ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3% chegirma bilan, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, "Uzbekistan Airways Sales" orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar