AsosiyJamiyat

Qo`qon pedagogika institutidagi qizlar yotoqxonasida yashirin kamera o`rnatilgani aniqlandi (video)

'Qo`qon pedagogika institutidagi qizlar yotoqxonasida yashirin kamera o`rnatilgani aniqlandi (video)'ning rasmi

Qo`qon pedagogika institutidagi talaba qizlaridan biri bugun, 4 aprel kuni Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi rasmiy telegram kanalining muloqot botiga qizlar yashaydigan talabalar turar joyi xonalaridan biriga kuzatish kamerasi yashirincha o`rnatilgani haqida xabar kelib tushdi

Vazirlik Axborot xizmati shikoyat qilgan qiz bilan suhbatlashgach, vazirlikning Farg`ona hududiy boshqarmasi mas`ullari tomonidan Qo`qon pedagogika institutiga borib, vaziyat o`rganildi. O`rganish natijasida darhaqiqat qizlarning xonasiga videokamera o`rnatilgani aniqlangan.

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi ushbu voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilishi va aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko`rilishini ma`lum qiladi.

    Boshqa yangiliklar