Avvalroq, Qo`qon pedagogika institutida qizlarning yotoqxonasiga yashirin kamera o`rnatilgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu holat yuzasidan institut rahbariyati rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda qayd etilishicha, Qo`qon davlat pedagogika instituti rektorining buyrug`iga ko`ra, talabalarning psixologik muamolari bilan ishlash, ularning ruhiy holatlarini barqarorlashtirish hamda o`qish jarayonidagi stress holatlarini oldini olish bo`yicha maxsus xona tashkil etilish maqsadida haftaning shanba-yakshanba kunlari talabalar o`z uyiga ketishlarini hisobga olib xonani shanba kuni jihozlash boshlangan.
Lekin bu holat haqida talabalar o`z vaqtida ogohlantirilmagan. Natijada bu anglashilmovchilik yuz bergan.
Ushbu xolat bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi munosabatda.