AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda erkak asrab olgan 13 yoshli qizini zo`rladi

'Qashqadaryoda erkak asrab olgan 13 yoshli qizini zo`rladi'ning rasmi

Chiroqchi tumanida 52 yoshli shaxs mehribonlik uyidan asrab olingan 13 yoshli qizni zo`rlab, homilador qilib qo`ygani haqida xabar tarqaldi. Oliy sud holat bo`yicha ma`lumot berib, mazkur jinoyat ishi 7 aprel kuni yopiq sud majlisida ko`rilishini ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Jinoyat kodeksining 129-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismi va 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilayotgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan K. T. (1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan) ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish jinoyat ishlari bo`yicha Chiroqchi tuman sudida 7 aprel kuni boshlanadi.

Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko`rib chiqilishi ma`lum qilinadi.

Qo`shimcha ma`lumot sud jarayoni yakuni bo`yicha beriladi.

    Boshqa yangiliklar