AsosiyJamiyat

Qo`qondagi pedagogika institutida qizlar yotoqxonasiga kamera o`rnatilishi ortidan 4 kishi ishdan olindi

'Qo`qondagi pedagogika institutida qizlar yotoqxonasiga kamera o`rnatilishi ortidan 4 kishi ishdan olindi'ning rasmi

Avvalroq Qo`qon davlat pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga yashirin kamera o`rnatilgani xabar qilingandi. Holat yuzaidan Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi qo`shimcha ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiiste`mol qilgan 4 nafar mas`ul xodim, jumladan, prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qo`llangan.

“Vazirlik inson shaxsiy hayotiga o`zboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy ma`lumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning sha`ni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yo`q deb hisoblaydi.

Voqea ishtirokchisi bo`lgan qizlarning tazyiqsiz ta`lim olishlari kafolatlanadi. Huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini ma`lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar