Farg`ona viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan 3 nafar yigit va bir nafar qiz yosh yigitlarning mablag`lari va yonida bo`lgan telefonlarini tovlamachilik yo`li bilan o`zlashtirishga uringanligi aniqlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmatining ma`lum qildi.
Mazkur holat joriy yilning 3 aprel sanasida sodir bo`lgan.
Jinoiy guruhning rejasiga ko`ra, qiz o`z qarmog`iga ilintirgan yigitlarni jinsiy aloqa qilish uchun kelishilgan xonaga olib kirgan. Uning niqoblangan yonida o`tkir tig`li buyumlari bilan qurollangan jinoiy sheriklari esa to`satdan xonadonga kirib, zo`rlik ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, ushbu shaxslarga tegishli bo`lgan 3 dona telefon va 700 ming so`m miqdordagi pullarni bosqinchilik yo`li bilan olib, yalang`och holatda video tasvirga tushirgan.
Shundan so`ng ulardan 5 mln so`m pul talab qilib, aks holda ular boshqarib kelgan avtomashinani bermasligini aytgan. Jabrlanuvchilar yonida 5 mln so`m pullari yo`qligini bildirib, keyin topib berishga va`da berishadi. Jinoiy guruh mashinani qaytarib berib, lekin qolgan mol-mulklarini olib qolgan.
4 aprel kuni Farg`ona viloyati IIB tezkor-qidiruv departmenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilib, jinoiy guruh ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan JKning 165-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tartibida ehtiyot chorasi qo`llanilgan.






