AsosiyJamiyat

Samarqandda surati telegramdagi behayo kanalda chiqib ketgani uchun o`zini o`ldirgan 18 yoshli kelinchak ishi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Samarqandda surati telegramdagi behayo kanalda chiqib ketgani uchun o`zini o`ldirgan 18 yoshli kelinchak ishi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Urgut tumanida 18 yoshli kelin o`z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan qo`shimcha tekshirish harakatlari o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, marhumaga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha`ni va qadr-qimmatini mutassil ravishda kamsitganlik holatlari bo`lganligiga aniqlik kiritish uchun guvohlarni batafsil so`roq qilish, yuzlashtirish, qo`shimcha ekspertizalar o`tkazish va boshqa zarur tergov harakatlarini o`tkazmasdan qonuniy to`xtamga kelib bo`lmasligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.  

Tergov jarayoni Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar