AsosiyJamiyat

Tuman prokurori Malika Ahmedovani uyini o`g`ri urishi bilan bog`liq e`tirozlarini tingladi

'Tuman prokurori Malika Ahmedovani uyini o`g`ri urishi bilan bog`liq e`tirozlarini tingladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston xalq artisti Malika Axmedova tergov harakatlaridan norozi bo`lib yo`llagan videomurojaati tarqaldi.  

Unga asosan 11 aprel kuni M.Axmedova Mirzo Ulug`bek tumani prokurori Aliakbar Pulatovning qabuliga taklif qilingan. Uning tergov bilan bog`liq e`tiroz va vajlari tinglandi.

Qabul davomida Malika Ahmedovaga tuman prokuraturasiga taqdim qilingan jinoyat ishi tegishli tartibda o`rganib chiqilganligi va tergov organiga ish bo`yicha qo`shimcha tergov harakatlarini o`tkazish haqida yozma ko`rsatma berilganligi tushuntirildi.

Ma`lumot tariqasida: 8 aprel kuni  jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash va sudga yuborish uchun tuman prokuraturasiga taqdim qilingan.

    Boshqa yangiliklar