Boshidan insultni o`tkazib, koma holatiga tushib qolgan Kamerun terma jamoasining sobiq himoyachisi Rigober Songkomadan chiqqani va holati yaxshilangani ma`lum bo`ldi. Bu haqda iSport.ua xabar bermoqda.
40 yoshli Songni davolayotgan shifokor uning holati barqarorlashganini aytib o`tdi. Yaqin kunlarda sobiq futbolchi Fransiyadagi maxsus shifoxonaga yotqizilib, tiklanish jarayonini davom ettiradi.
Ma`lumot uchun, Rigober Song Kamerun terma jamoasida 130 o`yin o`tkazib, bu borada rekordchi hisoblanadi. Bundan tashqari sobiq futbolchi 1994, 1998, 2002 va 2006 yillarda o`tkazilgan Jahon chempionatlarida ishtirok etgan.





