2019 yilda hozirda Milliy gvardiyada ishlovchi Sh.Sh. ismli shaxs 13 yoshli qizni zo`rlagani haqidagi ma`lumot ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi.
Ma`lum qilinishicha, qiz ota-onasi bilan AQShda yashaydi, lekin u har yozda Qibray viloyatidagi buvisinikiga ta`tilga keladi.
"Jabrlanuvchining aytishicha, buvisining qo`shnisi Sh.Sh. uni kuch bilan xonasiga sudrab olib kirib, to`shak ustiga yotqizgan", — deb yozadi Nemolchi.uz loyihasi.
Jinoyat sodir etilgan vaqtda qiz 13 yoshda, erkak esa taxminan 27 yoshda bo`lgan. Bu yillar davomida qiz bo`lgan holatni hech kimga aytmagan, lekin u o`z joniga qasd qilish haqida o`ylab yurgan paytda psixolog bilan uchrashib, unga bo`lgan voqeani aytib bergan.
Milliy gvardiya matbuot xizmati Sh.Sh 2020 yildan buyon Toshkent viloyati Qo`riqlash boshqarmasida oddiy askar bo`lib xizmat qilayotganini tasdiqladi.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, joriy yil 4 aprel kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 118-moddasi 4-qismi (O`n to`rt yoshga to`lmaganligi ma`lum bo`lgan shaxsni zo`rlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
"Sh.Sh.ning kelgusida Qo`riqlash bo`limida xizmat o`tashi to`g`risidagi qaror tergov natijalariga ko`ra qabul qilinadi", — deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida.