AsosiyJamiyat

Xorazm va Qoraqalpog`istonda kuchli shamol va chang bo`ronlari sabab qator hududlar elektrdan uzilib qoldi (video)

'Xorazm va Qoraqalpog`istonda kuchli shamol va chang bo`ronlari sabab qator hududlar elektrdan uzilib qoldi (video)'ning rasmi

Bugun tong yaqin Qoraqalpog`iston Ruspublikasi va Xorazm viloyatining qator hudularida kuchli shamol bilan qo`m bo`ronlari kuzatildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati xabariga ko`ra, Xorazmda kuztilgan noqulay ob-havo oqibatida ayrim hududlarda elektr energiyasida uzilishlar sodir bo`lmoqda.

"Ayni vaqtda yuzaga kelgan elektr energiyasidagi uzizlishlarni bartaraf etish uchun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan barcha tezkor chiqish brigadalari jalb qilingan, bunday holatda bizni to`g`ri tushinasiz degan ummiddamiz. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun sizdan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.

"O`zgidromet" etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatovga ko`ra, Xorazm viloyatining "Pitnak" geolokasiya hududidagi havoning ifloslanish darajasi soat 03.00da "sariq" darajani qayd etib, soat 01.00 da esa, inson salomatligi uchun qizil daraja xavfi mavjud bo`lgan.

Shuningdek, ayni paytda Farg`ona viloyatining ayrim hududlarida ham chang-to`zon hodisasi kuzatilayotgani xabar qilindi. 

Eslatib o`tamiz, avvalroq "O`zgidromet" 13-14 aprel kunlari O`zbekistonda jazirama issiq bo`lishi va hududlarda kuchli shamol esib, chang-to`zonlar ko`tarilishi haqida xabar qilgan edi. 

 

 

    Boshqa yangiliklar