Qoraqalpog`istonning Nukus shahrida uch yoshli qizini 1,5 ming dollarga sotayotgan ayol qo`lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, 5 aprel kuni Nukus shahrida 2001 yilda tug`ilgan ayol o`zining 2020 yilda tug`ilgan qizini pulga sotayotgan vaqtda tegishli idora vakillari tomonidan dalillar bilan qo`lga olindi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ayol bugungi kunda ishsiz bo`lgan farzandining otasi bilan ajrashgan va qizini o`z qaramog`ida boqib kelgan.
Qayd etilishicha, qizaloq hozirgi kunda mehribonlik uyiga jo`natilgan.






