Farg`onada ayolni foxishalik uchun sotmoqchi bo`lganlar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, viloyat IIB hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Farg`ona shahar Oybek ko`chasida ijarada yashab kelayotgan G.J (ayol) o`zining jinoiy sheriklari, M.A hamda M.Sh.(ayol)lar bilan birga, N.K.(ayol)ning fuqarolik pasporti va boshqa buyumlarini olib qo`ygan holda, ikki nafar erkakka ushbu ayolni ikki kun muddatga olib ketib, ko`ngilxushlik qilishlari uchun, 200 AQSh dollariga sotib, pullarni olgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi "e" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.






