Avvalroq Toshkent shahridagi maktablardan birida 11-sinf o`quvchisi maktab binosining 3-qavatidan tushib ketgani haqida xabar bergan edik.
Ma`lum bo`lishicha hodisa Bektemir tumanidagi 289-maktabda sodir bo`lgan. Bu haqda Zamon informasion dasturida ma`lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, bola baxtsiz hodisadan keyin kasalxonaga olib ketilgan.
“Bolalar bilan uni ko`tarib o`t bor joyga yotqizdikda, birinchi tez tibbiy yordamni ko`rsatdik”, - deydi maktabning ma`naviyat va ma`rifat ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Muharram Mirzaboeva.
O`quvchi yigit hodisa qanday sodir bo`lganini aytib berdi:
- Darsdan keyin toza havo olish uchun oynadan qaradim. Ertalab dorimni ichmaganim uchun hushimdan ketib qoldim. Aniq esimda bor, oldimda hech kim yo`q edi.






