“Barselona” jamoasining ugurvaylik futbolchisi Luis Suares kataloniyaliklar bilan amaldagi kelishuv shartlarini yaxshilash niyatida ekanini bildirdi.
“iSport.ua” nashrining Sport’ga tayanib xabar berishicha, Suares Neymar singari maosh olishni istaydi.
Amaldagi kelishuvga ko`ra Suares yiliga 10 mln evro maosh oladi. Neymar esa kataloniyaliklar safida 16 mln evro daromad ko`radi.
Qayd etish kerakki, “Barselona” tarkibida eng ko`p maosh Lionel Messida. Argentinalik futbolchi yiliga qariyb 22 mln evro oladi.





