AsosiyJamiyat

Madaniyat va turizm vazirligining 15,5 mlrd so`mlik transformeri Toshkentga etib keldi(video)

'Madaniyat va turizm vazirligining 15,5 mlrd so`mlik transformeri Toshkentga etib keldi(video)'ning rasmi

Bundan bir necha oy avval Madaniyat vazirligi (hozirgi Madaniyat va turizm vazirligi) xarid qilgan 14 mlrd so`mlik mashinalar ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo`lgan edi. Shundan so`ng vazir Ozodbek Nazarbekov sohada zamonaviy texnikalarga ega bo`lgan maxsus avtomobilni sotib olish uchun aslida davlat tomonidan 20 mlrd. so`m mablag` ajratilganini aytib o`tgan. 

Kecha, 16 aprel kuni vazirlik tomonidan 15,5 mlrd so`mga “Madaniyat karvoni” uchun xarid qilingan 2 ta maxsus avtotransport (transfomerlar) Toshkentga etib keldi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar bermoqda.

Mazkur “Madaniyat karvoni” uchun mo`ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega maxsus avtotransport (transformer) vositasining texnik parametrlari (ko`rinishi, soni, chizilmasi va boshqa) mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va musiqa texnikasi va sahnaga ega maxsus eng zamonaviy avtotransport vositasi bo`yicha xorij davlatlari, jumaladan, Farnsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh va Xitoydan keltirilgan maxsus uskunalar yordamida tayyorlan.

Transformer  “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ qo`shma korxonasida mahalliy korxonalar (Turin Politexnika Universiteti) bilan birgalikda mukammal ishlab chiqish, tayyorlash va zarur uskunalar bilan  jihozlangan.


"Avvallari viloyatdan viloyatga butun boshli guruh yurishiga to`g`ri kelardi. Ularga qo`shimcha transpor va boshqa xarajatlar, joy tanlash kabi noqulayliklar yuzaga kelardi. Mazkur transformer sahnasini ochib yopish 2-2,5 soat vaqt oladi",–deydi muhandis Jasur Mustafoev. 

Ma`lum qilinishicha, avtotransport (transformer) ni o`rnatishda qariyb 10 kishi ish olib boradi. Olis qishloq va ovullarda ham bemalol sifatli madaniy tadbirlar o`tkazish imkoniyati  mavjud. Transport vositasi dizel yoqilg`isida harakatlanadi, shuningdek, trasnportta generator o`rnatilgan bo`lib transportni elektr energiyasi bilan ta`minlashga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar