1

Panjara ortida aqli kirmagan ayol yana og`ir jinoyat sodir etdi

Jinoyat 05.10.2016, 16:48
Teglar: Jazo, Ayol, Jinoyat
Panjara ortida aqli kirmagan ayol yana og`ir jinoyat sodir etdi

Ozodlik so`zini jinoiy qilmishi uchun bir necha yil umrini panjara ortida o`tkazishga mahkum qilinganlar hammadan ham yaxshiroq tushunishadi, nazarimizda. Ular uchun har bir lahza yillarga tengdek tuyuladi. Eng achinarlisi ular o`ylamay bosgan qadamlari uchun o`zlarini la`natlab yashaydi. Ammo o`tgan kunidan xulosa chiqarmagan, ozodlikning qadriga etmagan noshukrlar ham uchraydi. Xususan, “Huquq” gazetasining joriy yildagi 38-sonida ayol nomiga dog` tushirgan tuban shaxs qilmishlari aks etgan.

Ayni vaqtda oltmish yoshni qoralagan Shohida Sodiqova 2003 yilda qotillik jinoyatini sodir etib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. 2009 yilda amnistiya tufayli u ozodlikka chiqqan. Afsuski, birinchi jazodan o`ziga tegishli xulosa chiqarmagan ekan. Sh.Sodiqova poytaxtimizdagi Talabalar shaharchasida atir-upa, ko`rpacha sotib yurardi. Ana shu jarayonda u fuqaro Zamira Ilhomova (marhumalarning ism-familiyalari o`zgartirilgan) bilan tanishib qoladi va tez-tez uchrashib turadigan bo`lishdi. Z.Ilhomova yotoqxonalardan birida ishlar va"orifleym" firmasining atir-upalarini sotib, o`ziga qo`shimcha daromad topib yurardi. Yaqinlik o`zaro qarz oldi-berdisiga ham sabab bo`ldi. 2015 yilning av¬gust oylarida Z.Ilhomovaga pul kerak bo`lib qoladi va  Sh.Sodiqovadan so`raydi. 5 mln. sum pulni karz sifatida olgan Z.Ilhomova unga ikki oyda qaytarishini aytadi. 

Hash-pash deguncha belgilangan oylar o`tib ketadi. Biroq Z.Ilhomova kelishilgan muddatda pulni qaytara olmaydi. Ana shu qarz 2-3 yildan buyon deyarli opa-singildek yaqin bo`lib qolgan ikki ayolning o`rtasiga sovuq- chilik tushiradi. Endi ular bir-birlari bilan tez-tez janjallashadigan bo`lishadi va 2015 yilning oxirigacha qarzni qaytarishga va`da beradi. 

Qarzi qaytarilishining kechikishiga ko`ngan Sh.Sodiqovaga bu holat ta`- sir qila boshlaydi. Qanday bo`lmasin, qarzini tezroq olish harakatiga tu-shadi. Oradan bir necha kun o`tib, 2015 yilning 12 oktyabr kuni u Z.Ilhomo-vaning onasiAdibaIlhomovagaqo`ng`irokqilib, qizining qarzi haqida gaplashib, masalaga oydinlik kiritish uchun keksa ayolni ijarada turgan uyiga chaqiradi.

Ona qizi qarz tufayli Sh.Sodiqova bi¬lan janjallashganini yaxshi bilar-di. Shuning uchun ham A.Ilxomova yoniga 500 AQSh dollarini solib, qarzning bir qismini uzish maqsadida Sh.So¬diqova aytgan joyga borishga majbur bo`ladi.

Bu vaqtda Sh.Sodiqovaning niyati boshqa edi. U ona-bolani o`ldirishni maqsad qilib, bolta va pichoq olib kelib qo`yadi,

Bexabar A.Ilhomova aytilgan manzilga keladi. Sh.Sodiqova esa keksa ayolni ichkariga taklif qiladi. Suhbat talashishga, undan janjalga aylanadi va Sh.Sodiqova qo`shni xonadan bolta olib chiqib, A.Ilhomovaning duch kelgan joyiga ura boshlaydi. Ayol ketma-ket zarbalardan jiddiy tan jarohati olib,  voqea joyida jon taslim qiladi.

Endi Sh.Sodiqova marhumaning qizini o`ldirish rejasini tuzadi. Qonga belanib yotgan ayolning cho`ntagidan qo`l telefonini olib, Z.Ilhomovaga qo`ng`iroq qiladi va "Onangizni mazalari qochib qoldi", deydi. Z.Ilhomova etib kelib, nima bo`lganini anglashga ulgurmay uni ham shafqatsizlarcha bolta bilan urib o`ldiriladi.

Shundan so`ng A.Ilhomovaning qulog`idagi 24 mln. so`mlik ziragini, cho`ntagidagi 500 AQSh dollarini va Z.Ilhomovaning ham qulog`idagi 433 ming so`mlik zi¬ragini echib oladi.

Endi u ayollarning jonsiz tanalarini bo`laklarga bo`lib, bir necha sel-lofan paketlarga joylaydi va "Yuqori Toshkent" kanaliga tashlab yubora- di.

Sh.Sodiqova endi Z.Ilhomovaning o`g`lini ham bir yoqli qilish payiga tushadi, biroq uning rejalari turli to`siqlar sabab amalga oshmaydi.

Marhumalardan xavotir olayotgan oila a`zolariga Sh.Sodiqova marhumning telefonidan "Xavotir olmanglar. Biz 2-3 kunda borib kela-miz", degan sms-xabar yuboradi. Ammo ulardan boshqa xat-xabar bo`lmaydi. Shundan so`ng ushbu holat haqida huquqni muhofazaqiluvchiorganlarga xa¬bar beriladi.

Ish buyicha dastlabki gumonlanuvchi Sh.Sodiqova edi. Tergov ja-rayonida bu kimsa sodir etgan jinoyatiga iqror bo`lishdan boshqa chorasi qolmadi. Jinoyat ishlari buyicha Toshkent shahar sudi Sh.Sodiqovani xavfli residivist deb topdi va jazoning dastlabki to`rt yilini qamoqda, qol¬gan qismini qattik tartibli koloniyalarda o`tashni belgilagan holda 13 yilu 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda

16.08.2021, 12:20

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.Unga ko`ra, Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1