Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda maktabdan qaytayotgan qizga tashlangani haqida video tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha, hodisa kecha, 19 aprel kuni Mirobod tumani Inoqobot ko`chasida sodir bo`lgan. Jabrlanuvchi qiz tumandagi maktablardan birining 11-sinf o`quvchisi bo`lgan. Ayni vaqtda erkak shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib o`tamiz, kuni kecha ayollar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirish to`g`risida qonun qabul qilingandi.