1

Ona suti bilan oziqlangan bolalarda raxit va kamqonlik deyarli kuzatilmaydi

Salomatlik 21.04.2023, 19:29
Ona suti bilan oziqlangan bolalarda raxit va kamqonlik deyarli kuzatilmaydi

Shu kunlarda Sog`liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan yurtimiz bo`ylab “Bolaning sog`lom ovqatlanish haftaligi” o`tkazilmoqda. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 Fursatdan foydalanib, go`dakning sog`lom ulg`ayishida ona sutining ahamiyati, uning foydali jihatlari xususida mutaxassis tavsiyalarini keltirib o`tamiz.
 — Chaqaloqni ko`krak suti bilan boqish erta yoshdagi bolalarda uchraydigan aksariyat kasalliklarning oldini olishda asosiy omillardan biri hisoblanadi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo`lim boshlig`i Dinara Do`stmuhammedova.

 — Emizikli go`daklar 6 oylik bo`lguncha ozuqaga bo`lgan ehtiyojni ona suti hisobiga qoplaydi. U bu yoshdagi bolalarning rivojlanishini ta`minlovchi eng yaxshi taom hisoblanadi.

 Ona suti quyidagi xususiyatlarga ega: 
- unga mikroblar tushish ehtimoli yo`q;
- doimo yangi, harorati 36-37 darajada bo`lib, bola tanasi haroratiga yaqin;
- oshqozonga asta-sekin va oz-ozdan tushadi va kichkintoy tanasiga taomning tarkibiy qismi to`la holda parchalanmay so`riladi.

 Bundan tashqari, ona sutida chaqaloqning dastlabki oylarida ayrim yuqumli kasalliklardan himoyalovchi, immun tanachalar hamda hazm jarayonini yaxshilovchi fermentlar mavjud. 

 Shu sababli bu bebaho ne`mat bilan ulg`aygan bolalar har tomonlama yaxshi rivojlanadi. Raxit, kamqonlik kasalligi, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kabi xastaliklar deyarli kuzatilmaydi. Zotiljam bilan esa kamdan kam hollardagina og`riydilar.

Bola 6 oyga to`lgach, o`sayotgan tana ehtiyojlari ona suti tomonidan to`laqonli qoplanmaydi va belgilangan tartibda qo`shimcha ovqatlantirishga to`g`ri keladi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1