AsosiyDunyo

Xitoy elchisi sobiq Ittifoq mamlakatlari suveren davlat sifatida maqomga ega emas deb hisoblaydi(video)

'Xitoy elchisi sobiq Ittifoq mamlakatlari suveren davlat sifatida maqomga ega emas deb hisoblaydi(video)'ning rasmi

22 aprel kuni Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shae  sobiq ittifoq respublikalari go`yoki xalqaro huquqda maqomga ega emasligini aytgan.

“Xalqaro huquqda sobiq Ittifoq mamlakatlari haqiqiy maqomga ega emas, chunki ularning suveren davlat sifatidagi maqomini amalga oshiradigan xalqaro shartnomalar mavjud emas”, degan u.

Parijda joylashgan Strategik tadqiqotlar jamg`armasining Xitoy bo`yicha eksperti Antuan Bondaz fikricha, Xitoy elchisi Ukraina, Litva, Estoniya va Qozog`iston kabi davlatlar mavjudligini rad etadi.

Yaqinda Xitoyning Evropa Ittifoqidagi elchisi Pekin va Moskva o`rtasidagi “chegarasiz” do`stlikni ritorik vosita deb atagan edi. U Xitoy Ukrainaga qarshi urushni qo`llab-quvvatlamasligiga ishontirdi.

Shu bilan birga, Xitoy rahbari Si Szinpin hamon Rossiya bosqinini ochiqchasiga qoralamagan. 

    Boshqa yangiliklar