AsosiySport

“Yuventus” Paulo Dibalaning yillik maoshini qariyb uch barobar oshirmoqchi

Italiyaning “Yuventus” jamoasi rahbariyati hujumchi Paulo Dibala bilan amaldagi shartnomasini uzaytirib, uning yillik maoshini ikki karra oshiradi. Bu haqda Calciomercato nashriga tayanib, “Championat.com” xabar bermoqda.

Manbaning ta`kidlashicha, 22 yoshli argentinalik futbolchining yangi kelishuvi 2021 yilgacha uzaytiriladi. Uning yillik maoshi esa 2,2 mln evrodan 6 mln evrogacha oshirilishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda tajribali futbolchi Italiya chempionatining 6 o`yinida maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Boshqa yangiliklar