Tuproqqal`a tumanida ota o`z farzandini bo`g`ib o`ldirdi. Bu haqda "zamon" informasion dasturida xabar qilindi.
Ma`lum qilinishicha, tumanning "Muhabbat" mahallasida vaqtincha istiqomat qiluvchi, 1980 yilda tug`ilgan shaxs joriy yilning 18 mart kuni soat 20-00lar atrofida 2016 yilda tug`ilgan farzandini bo`g`ib o`ldirgan. Shundan so`ng hodisa bo`yicha hech kimga bildirmasdan, turmush o`rtog`iga tanishlari bilan uchrashmoqchiligini aytib, uydan chiqib ketgan.
Holat bo`yicha jinoyat ishi ochilgan va gumonlanuvchi hibsga olingan.