AsosiyJamiyat

Samarqandda "Nexia" haydovchisi piyodalar yo`lagidan o`tayotgan maktab o`quvchisini urib, qochib ketdi

'Samarqandda "Nexia" haydovchisi piyodalar yo`lagidan o`tayotgan maktab o`quvchisini urib, qochib ketdi'ning rasmi

Samarqand shahrida "Nexia" haydovchisi piyodalar yo`lagidan o`tayotgan maktab o`quvchisini urib, qochib ketdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 17 aprel kuni soat 08:10 larda Samarqand shahar Firdavsiy ko`chasi piyodalar o`tish joyidan o`tayotgan maktab o`quvchisini "Nexia" haydovchisi urib, hech qanday tibbiy yordam ko`rsatmasdan qochib ketgan.

Aniqlanishicha, jabrlanuvchi mazkur hududda joylashgan maktabning 5-sinf o`quvchisi bo`lgan. U zudlik bilan maktab o`qituvchilari tomonidan tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Samarqand shahar bo`yicha IIO FMB yo`l harakati xavfsizligi bo`limi tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu YTH sodir etgan haydovchi topildi.

"Men shoshib haydayotgan edim. Birdan u bola chiqib qoldi. Keyin u yo`limda ko`rinmadi. Shuning uchun u joydan ketib qoldim", - deydi haydovchi.

Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko`rilgan va mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar