AsosiyJinoyat

Surxondaryoda erkak birga yashab kelgan shar`iy nikohidagi ayolini bo`g`ib o`ldirdi (video)

'Surxondaryoda erkak birga yashab kelgan shar`iy nikohidagi ayolini bo`g`ib o`ldirdi (video)'ning rasmi

Sherobod tumanida 1971 yilda tug`ilgan erkak 2022 yilning noyabr oyida 1989 yilda tug`ilgan turmushidan ajrashgan, 5 nafar farzandi bor ayol bilan tanishgan. Ularning munosabatlari jiddiylashib, ayol bilan shar`iy nikoh qurgan. Ayol o`zi bilan birga 11 yoshli nogiron farzandini olib, erkakning uyida yashay boshlagan. Oradan 2 oy o`tib, ularning orasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Sudlanuvchi turmush o`rtog`ining boshqa shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo`lganligini gumon qilganligi sabab o`rtalarida janjal kelib chiqqan. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda

Oqibatda, joriy yilning 2 yanvar kuni soat 23:45da sudlanuvchi yashash uyida spirtli ichimlik iste`mol qilib, mast holatda voyaga etmagan farzandining ko`z o`ngida turmush o`rtog`ini shafqatsizlarcha kaltaklagan. Xonadonidagi temir tesha bilan ayol tanasining duch kelgan joylariga urib, bo`g`ib o`ldirgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, marhumaning o`limiga og`irlik darajasiga ko`ra, hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohati sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.

Holat yuzasidan mazkur jinoyat ishi JIB Sherobod tuman sudining ochiq sud majlisida ko`rib chiqildi. Unga ko`ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi 2-qismi "v", "j" bandlari bilan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sud sudlanuvchi biror bir foydali mehnat bilan shug`ullanmasdan, muqaddam bir necha marotaba qasddan og`ir turdagi jinoyatni sodir etib, bundan xulosa chiqarmaganligini e`tiborga olib, sudlanuvchini o`ta xavfli residivist deb topdi.

    Boshqa yangiliklar