AsosiyJamiyat

Toshkentda tabiatga zararli gaz chiqishi yiliga 1,2 ming tonnaga kamayadi

'Toshkentda tabiatga zararli gaz chiqishi yiliga 1,2 ming tonnaga kamayadi'ning rasmi

Toshkentga Xitoydan olib kelingan 223 ta yangi avtobus va elektrobuslar aynan havodagi zaharli tashlamalarni kamaytirishga xizmat qiladi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi ma`lum qilmoqda 

Negaki mazkur jamoat transporti vositalari ekologik jihatdan xavfsiz hisoblanadi.
Yangi transport vositalari bugundan poytaxt ko`chalarida 1000 dan ortiq yo`nalishda harakatlanmoqda. Natijada atmosfera havosiga chiqariladigan zaharli gazlar miqdori bir yilda o`rtacha 1,2 ming tonnaga kamayishiga erishiladi.

Ma`lumot o`rnida, 2022-yilning fevral oyida Toshkent shahriga Xitoyda ishlab chiqarilgan ekologik toza, har tomonlama qulay va zamonaviy bo`lgan 20 dona elektrobus olib kelingan edi. 2025-yilgacha esa yana 673 ta elektrobus xarid qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar