AsosiyJamiyat

O`zbekiston aholisining necha foizi mehnatga layoqatli ekani ma`lum qilindi

'O`zbekiston aholisining necha foizi mehnatga layoqatli ekani ma`lum qilindi'ning rasmi

Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekistonda 2023 yil 1 aprel holatiga doimiy aholi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan. Bu ko`rsatkich 2022 yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga ko`paygan.

2023 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston doimiy aholisining yosh guruhlari bo`yicha tarkibi:

- mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar – 11,4 mln. kishi (31,7 %)

- mehnatga layoqatli yoshdagilar – 20,5 mln. kishi (56,8 %)

- mehnatga layoqatli yoshdan kattalar – 4,1 mln. kishi (11,5 %)ni tashkil etmoqda. 

Tahlillarga ko`ra, Toshkent shahri, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari aholisi tez o`smoqda. 

    Boshqa yangiliklar