1

Toshkentda bir guruh qizlar maktabdoshini erto`lada “samosud” qilishdi (video)

Jamiyat 26.04.2023, 12:52
Toshkentda bir guruh qizlar maktabdoshini erto`lada “samosud” qilishdi (video)

Ijtimoiy tarmoqda bir nechta qizlar boshqa qizni do`pposlashayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holatga munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, videoda aks etgan voqea 25 aprel kuni taxminan soat 15:00 larda Shayxontohur tumani “Samarqand darvoza” MFY Uchlola ko`chasi 4-uyning erto`la qismida sodir bo`lgan. 

Aniqlanishicha, shu tumandagi 82-sonli umumta`lim maktabi 7 sinf o`quvchisi S.S. dugonalari Ch., S., T. va G.lar bilan birga shu maktabning 8 sinf o`quvchisi K.M.ni do`pposlashgan hamda tasvirga olingan videoni o`zining Instagramʻdagi sahifasiga joylab tarqatgan. 

Holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli ota-onalar! Qizlarimiz timsolida Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiyaxonim kabi siymolarni ko`rishga odatlanganmiz. Bugungi maktab o`quvchisi ertaga ona, bir xonadon bekasi bo`ladi.

Qizlarimiz o`zlarining ibo va hayosi bilan go`zal. Afsuski, keyingi paytlarda ular ishtirokida sodir bo`layotgan xunuk voqealar kattayu kichikni birdek ranjitib, tashvishlantirmoqda.

Hech bir zamonda o`zbek qizlarining bunday ahvolga tushmaganligi bugun barchamizning dilimizni xira qilib, millatimiz sha`niga dog` bo`lmoqda.

Bu esa nafaqat pedagoglar, balki ota-onalarimiz zimmasiga ham farzandlarimiz, jumladan, qizlarimizning tarbiyasida katta mas`uliyat yuklaydi”, - deyiladi munosabatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1