Bugun, 26 aprel kuni soat 13:58 da Shayxontoxur tumanidagi yangi qurilayotgan 25 qavatli binoning 1-qavatida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar tushgan. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika soat 14:00 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:10 da batamom o`chirilgan.
Yong`in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
"Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda" deyiladi xabarda.






