Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023 yilning 28 aprel kunidan 1 may kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida "Afrosiyob" elektropoezdining qo`shimcha 4 ta reys harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, ushbu yo`lovchi poezddagi barcha chiptalar erkin savdoga chiqarilgan. Poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo`nalishi
Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19
768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo`nalishi
Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo`yilgan qo`shimcha yo`lovchi poezdlar chiptalari turistik firmalar tomonidan berilgan arizalarni chetlab o`tgan holda barcha chiptalar erkin savdoga chiqarildi.
Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Ma`lumot uchun, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz
Eslatib o`tamiz, sal avval Toshkent-Qarshi yo`nalishida qo`shimcha poezdlar harakati qo`yilgani xabar qilingan edi.






