AsosiyJamiyat

Toshkentdagi "Salar" kanaliga "Damas" tushib ketdi (video)

'Toshkentdagi "Salar" kanaliga "Damas" tushib ketdi (video)'ning rasmi

Kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi, deya xabar bermoqda FVV matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 26 aprel kuni soat 20:00 da "Damas" rusumli avtomashina haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida Toshkent shahar Yashnobod tumani Elbek ko`chasidan oqib o`tuvchi "Salar" kanaliga tushib ketganligi sababli uni chiqarib olishda amaliy yordam so`rab, Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga murojaat qilingan.

Xabarga ko`ra, FVBning bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga etib borib, avtomashinani kanaldan olib chiqdilar.

Hodisa natijasiga vafot etgan va tan jarohati olganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar