“Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubning so`nggi to`rt o`yinda durang qayd etganidan xafa emasligini, ammo muammo sabablarini o`rganish kerak ekanini ta`kidladi.
“Eybar”ga qarshi (1:1) Ispaniya chempionati 7-turidan keyin Zidan o`z shogirdlari bilan muloqot uyushtirdi. Xususan, fransiyalik mutaxassis futbolchilarni terma jamoalar o`yini vaqtida klub haqida unutmaslikka chaqirdi hamda samarasiz o`yin sabablari nimadan iborat ekanini so`radi.
Qayd etish kerakki, 6 va 11 oktyabr FIFA kunlari etib belgilangan. Unda milliy terma jamoalar JCh–2018 turniriga saralash bahslarini o`tkazadi.