AsosiyJamiyat

Televidenie va radio orqali tanilishni istagan sirdaryolik xonanda "ZO'R TV" "muxbiriga chuv tushdi

'Televidenie va radio orqali tanilishni  istagan sirdaryolik xonanda  "ZO'R TV" "muxbiriga chuv tushdi'ning rasmi

Sirdaryolik xonanda televidenie va radio orqali tanilishni istagan fuqaro firibgarning tuzog`iga tushib qoldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Sirdaryo tumanida yashovchi 39 yoshli X.Sh.ni o`zini “Vodiy sadosi” radiosida ishlovchi “Muzaffar Ochilov”man deb tanishtirgan fuqaro chuv tushirdi.

Firibgar uninn qo`shiqlarini radioda reklama qilib berish evaziga jami 2.400.000 so`m hamda "ZO'R TV" kanaliga chiqarib berish uchun 400.000 so`m pullarini 9860 60 **** 3895 raqamli plastik kartasiga tashlash yo`li bilan qo`lga kiritgan.

So`ng uni aldab ketganligini anglagach,  so`rab surishtirgan vaqtida o`zini “Muzaffar Ochilov” deb tanishtirgan shaxs radio sohasida ishlamasligi  ma`lum bo`lgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, “Muzaffar Ochilov”  aslida hech qaerda ishlamaydigan, Andijon viloyatida yashovchi 28 yoshli Yu.O. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Yu.O.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar