AsosiyJinoyat

Samarqandda fuqaroning 6 bosh qo`yi bo`g`izlab, uchtasiz o`g`irlab ketildi. O`g`rilar qo`y egasiga xat qoldirgan

'Samarqandda fuqaroning 6 bosh qo`yi bo`g`izlab, uchtasiz o`g`irlab ketildi. O`g`rilar qo`y egasiga xat qoldirgan'ning rasmi

Samarqandda fuqaroning 6 bosh qo`yi bo`g`izlab, xat tashlab ketilgani aytildi. 

Viloyat IIB fuqaroning qo`ylarini bo`g`izlab ketilganligi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qildi. 

Xabarda aytilishicha, ushbu jinoyatni sodir etganlarni aniqlash bo`yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar viloyat IIB nazoratiga olingan.

Ma’lum bo`lishicha, 2023 yil 23 aprel kuni Samarqand tumani IIBga Samarqand tumani “Badal” MFYda yashovchi 1995 yilda tug`ilgan B.F. ariza bilan murojaat qilib, joriy yil 21 aprel kunidan 22 aprel kuniga o`tar kechasi tumanning “Badal” mahallasi hududida joylashgan o`ziga  tegishli dehqon xo`jaligi er maydonidagi qo`yxonasiga noma`lum shaxslar g`ayriqonuniy ravishda kirib, qo`yxonadagi 12 bosh qo`ylaridan 6 donasini so`yib, 3 donasini yashirin ravishda talon-toroj qilganligini bildirib, ushbu noma`lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan 23.04.2023 yilda Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Hozirda aybdor shaxslarni aniqlash yuzasidan IIB tezkor xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar viloyat IIBtomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar