AsosiyJamiyat

Buxoroda ikki nafar fuqaro eski quduqning o`pirilishi natijasida vafot etdi

'Buxoroda ikki nafar fuqaro eski quduqning o`pirilishi natijasida vafot etdi'ning rasmi

Buxoroda ikki nafar fuqaro quduqqa tushib vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 2023 yil 26 aprel kuni soat 18:04larda Buxoro viloyati, Peshko` tumani “Kamolot” MFY, Xo`palak qishlog`ida joylashgan “Hakim” fermer xo`jaligiga tegishli “Al-Aziz sutni qayta ishlash sexi” hududida (rahbari 1974 y.t. H.Sadirov) oqova suvlari (kolodes) uchun mo`ljallangan quduqning oldidan yangisini qazish vaqtida eski quduqning o`pirilishi sodir bo`lib, 2 nafar fuqarolar “Noma`lum etiologiyali zaharlanish”dan vafot etganligi tahmin qilinmoqda.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar