27 aprel kuni soat 13:40da Yunusobod tumani KHAY — Sharof Rashidov ko`chalari kesishgan chorrahasida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Aniqlanishicha, mazkur YTH Kamaz, Isuzu, Howo, Zil rusumli yuk avtomashinalari hamda Lacetti, Tracker 2, Nexia 3, Epica, 2 ta Cobalt va 2 ta Spark avtomashinalari ishtirokida yuz bergan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Kamaz rusumli avtoulov haydovchisi chorrahaga yaqinlashayotgan vaqtda, tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan. Ushbu harakat YTHga sabab bo`lgan.
Natijada Cobalt rusumli avtomashina yo`lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






