1

Iroq qamoqxonasidagi o`zbekistonlik ayollar Shavkat Mirziyoevga murojaat yo`lladi (video)

Jamiyat 28.04.2023, 19:09
Iroq qamoqxonasidagi o`zbekistonlik ayollar Shavkat Mirziyoevga murojaat yo`lladi (video)

Joriy yilning 27 aprel kuni internet tarmoqlarida Iroqdagi “Rosafa” qamoqxonasida saqlanayotgan 44 nafar o`zbekistonlik mahkuma ayollar nomidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga, ularni yurtiga qaytarishda ko`mak so`rab murojaat etgani to`g`risida video joylashtirilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy ma`lumot  berdi.

Qayd etilishicha, “Rosafa” qamoqxonasida saqlanayotgan o`zbekistonlik mahkuma ayollar “IShID” terroristik tashkilotining a`zolari xisoblanib, Suriya Arab Respublikasi va Iroq davlati hududida ushbu terroristik tashkilot safida faoliyat yuritib kelishgan. Ular 2017 yilda Iroq hukumati tomonidan qo`lga olinib, 4 nafari umrbod va qolganlari 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan. 

Ushbu qamoqxonadagi sharoitlar qoniqarli darajada bo`lmaganligi bois, 2019 yil Iroq xukumati bilan kelishuvga asosan mahkuma ayollarning 64 nafar farzandlari O`zbekistonga olib kelinib, yashash manzilidagi qarindoshlari qaramog`iga hamda mehribonlik uylariga topshirilgan. Ularga davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan. 

Mazkur mahkuma ayollarning jazo muddatlari nihoyasiga etganidan so`ng, xalqaro xuquq normalarga asosan ularni O`zbekistonga qaytarish choralari ko`riladi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1